Levandovski kelajagi borasida muhim qarorni qabul qildi
"Bavariya" yulduzi Robert Levandovski faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, polshalik hujumchi katta ehtimol bilan "Barselona" futbolchisiga aylanadi. Buni jamoa prezidenti Joan Laporta hamda bosh murabbiy Xavi xohlamoqda. Ammo kataloniyaliklar uchun bu transfer oson hal bo‘lmasligi tayin.
Boisi, "qizillar" uni mavsumlar oralig‘ida qo‘yib yuborishni istamaydi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2023 yilning yozida nihoyasiga etdi. Ammo Levandovskining o‘zi Germaniyadagi sarguzashtlari yakunlangan deb hisoblaydi.
33 yoshli "qotil" myunxenliklar libosida 374 uchrashuv o‘tkazib, 343 ta gol va 72 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar