Levandovski mavsumdagi rejalari haqida gapirdi

  • 3 sentabr, 2024, 19:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Robert Levandovski bu mavsumda "Barselona" safida 30 dan ortiq gol urishni istamoqda.

Tecno

Jamoadagi uchinchi mavsumida 36 yoshli polshalik forvard La Liganing 4 ta o‘yinida 4 ta gol urdi. Birinchi mavsumda (2022/2023) barcha musobaqalarda 46 o‘yinda 33 ta, ikkinchisida (2023/2024) 49 ta o‘yinda 26 ta gol urgan.

- Albatta, o‘tgan mavsumga nisbatan ko‘proq gol urishni xohlayman. Maqsad - 30 dan ortiq gol urish. Bu jamoaning o‘yiniga ham bog‘liq. Shuning uchun menda gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ladi deb umid qilaman.

"Bavariya"da Flik bilan biz futbolda hamma narsani yutdik. Xansi bilan hujumkor futbol o‘ynadik. Bu mavsumda yondashuvimni biroz o‘zgartirdim. Sababi, men hali ham o‘tgan mavsumda yo‘qotgan kuchimni qaytarishga harakat qilyapman, - dedi Levandovski.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!