Levandovski mojarosi davom etmoqda. "Espanol" apellyatsiya qo‘mitasiga o‘z e’tirozini bildirmoqchi

  • 12 yanvar, 2023, 06:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Espanol"ning Robert Levandovskining derbida ishtirok etgani borasidagi shikoyati rad etildi. 

Eslatib o‘tamiz, klub avvalroq La Ligada 3 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan "Barselona" hujumchisining o‘yindagi ishtiroki sababli Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga shikoyat xati yuborgandi. 

Madrid markaziy sudi polyakning diskvalifikatsiyasini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror chiqardi. Natijada, u "Espanol"ga qarshi bellashuvda maydonga tushdi. 

RFEF raqobat qo‘mitasi "oq-ko‘klarning" shikoyatini rad etdi. Kataloniya klubi bu qarorga rozi emas va apellyatsiya qo‘mitasiga o‘z e’tirozini bildirishi kutilmoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!