Levandovski Obameyangning rekordini takrorladi

  • 19 oktabr, 2019, 22:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Bundesliganing 8-turida “Bavariya” safarda “Augsburg” mehmoni bo‘ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Tecno

Shu kuni myunxenliklar safida gollarning biriga Robert Levandovski mualliflik qildi. E’tiborlisi polshalik hujumchi Bundesliganing dastlabki 8 ta turining barchasida gol urdi bu borada “Borussiya” Dortmundning sobiq hujumchisi Per-Emerik Obameyang o‘rnatgan rekordni takrorladi. Eslatib o‘tish lozimki, gabonlik futbolchi 2015-16 yilgi mavsumning dastlabki 8 ta turida gol urishga erishgan edi.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” ayni damda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Niko Kovach jamoasi o‘zining keyingi uchrashuvini “Union Berlin” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!