
Levandovski o‘ziga superklub tanladi
“Bavariya” to‘purari Robert Levandovski faoliyatini “Real”da davom ettirishga rozilik berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, polshalik hujumchi Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaydi va Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishni istamoqda.
“Qirollik klubi” Robert Levandovskining maqsadidan xabardor, biroq yozda uni sotib ololmaydi. Shu bois, madridliklar 32 yoshli to‘purarni keyingi yil yozda – Robertning “Bavariya” bilan kelishuvi yakunlanishiga bir yil qolganida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
“Bavariya” ayni paytda Levandovskining o‘rnini bosishga qodir hujumchi qidirishni boshlab yuborgan.
Fikrlar