
Levandovski Saudiya klubidan bo‘lgan "astronomik" taklifga qanday javob qiladi?
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish niyatida emas.
Oldinroq Saudiya Arabistoni klublari 34 yoshli hujumchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, futbolchi "Barsa"ni tark etish haqida o‘ylamayapti.
“Astronomik” taklifga qaramay, Levandovski 2025 yilgacha, ya’ni “ko‘k-anor ranglilar” bilan tuzgan shartnomasi yakunlanmagunicha boshqa jamoaga o‘tmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Levandovski o‘tgan mavsum La Ligada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar