
Levandovski to‘purarlar poygasida Mbappega qanday yutqazganini aytdi
Ispaniya chempionati g‘olibligi “Barselona”ga nasib qilgan bo‘lsa, musobaqaning to‘purarlar poygasida “Real” hujumchisi Kilian Mbappe muvaffaqiyat qozondi.
Ko‘p gol urish borasida uzoq muddat peshqadamlik qilib, keyin frantsiyalik o‘yinchidan ortda qolib ketgan Robert Levandovki bu masala bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
- Tabiiyki, liga to‘purariga beriladigan Pichichi sovrinidan qo‘ldan chiqarganimdan hafsalam pir bo‘ldi. Jarohatdan keyin optimal formaga qaytishim qiyin kechdi. Lekin bu normal holat, - dedi Robert Levandovski.
Kilian Mbappe debyut mavsumida La Ligada 34 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 marta ishg‘ol qildi.
Robert Levandovski ham “Barselona” tarkibida chempionat doirasida 34 ta o‘yin o‘tkazdi. 36 yoshli hujumchi bu bahslarda o‘z hisobiga 27 ta to‘p yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar