
Levandovski: "U bilan "Real" yanada xavfli bo‘ladi"
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Xabi Alonsoning "Real" bosh murabbiyi etib tayinlanganini yuqori baholadi va aynan u bilan "qaymoqranglilar" oldinga sifatli qadam tashlashiga ishonch bildirdi.
- Xabi murabbiylik faoliyatining boshida, ammo uning qilgan ishlarining natijasi ko‘rinib turibdi. O‘ylaymanki, u "Real"ga yangilik olib keladi. Alonso murabbiy bo‘lishini doim his qilib kelganman - hozir ham bunga shubha qilmayman: u bilan "Real" yanada xavfli bo‘ladi," - deya Levandovskining so‘zlarini keltirdi "Mundo Deportivo" nashri.
Levandovski va Alonso bir vaqtlar "Bavariya"da birga ishlashgan va polshalik forvard sobiq futbolchining futbolga bo‘lgan yondashuvini yaxshi biladi. Alonsoning qo‘l ostida leverkuzenliklar 2023-2024 yilda tarixiy mavsumni o‘tkazishdi: Bundesliga chempionligi, Germaniya kubogi va Superkubogi.
Fikrlar