Levandovski yana tengsiz!
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski Bundesligada oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
O‘tgan oyda polshalik hujumchi 3 ta bahs o‘tkazib, 9 ta golga mualliflik qildi.
32 yoshli futbolchi Germaniya chempionatining amaldagi mavsumidagi to‘purarlar ro‘yxatida 11 ta gol bilan etakchilik qilmoqda.
Ushbu sovringa sentyabr oyida "Xoffenxaym" a’zosi Andrey Kramarich munosib ko‘rilgandi.
Fikrlar