Levandovski yangi klubi bilan kelishib oldi!
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga tayyor.
"Sport Italia" nashrining xabariga ko‘ra, polshalik forvard kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Endi "Barsa" nemis klubi bilan transfer borasida muzokara olib borishi lozim.
Levandovskining myunxenliklar bilan amaldagi bitimi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum futbolchi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 45 gol urgan va 4 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar