Levandovskiga yangi xaridor chiqdi
“Bavariya” to‘purari Robert Levandovski yozgi transferlar vaqtida boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Polshalik hujumchiga xaridor bo‘layotgan jamoalar qatoriga PSJ ham qo‘shildi. Parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa hujumchisi Kilian Mbappe ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini Robert Levandovski bosishi mumkinligiga ishonmoqda.
Aslida Levandovski Myunxenda o‘zini juda xotirjam sezmoqda. U har yili gol urish bo‘yicha bir necha rekordlarni yangilamyapti. Joriy mavsumda ham Evropadagi to‘purarlar orasida eng ko‘p to‘p kiritgan hujumchi hisoblanadi.
“Bavariya” Levandovskini 60 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Chunki myunxenliklar o‘z tarkibiga “Borussiya” yulduzi Erling Xolandni qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar