Levandovskining goli “Barsa” tarixidagi ikkita rekordni yangiladi

  • 22 avgust, 2022, 14:02
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 2-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinda (4:1) o‘ziga xos natija qayd etdi. O‘zining 34 yoshini qarshilagan polshalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi.

Tecno

“OptaJose” nashri xabariga ko‘ra, o‘z hisobiga 1-daqiqada gol yozdirib qo‘ygan Levandovski 2009 yildan buyon “Barselona”ning eng tezkor gol muallifiga aylandi. Qolaversa, Levandovskining goli kataloniyaliklarning 2004 yildan keyin Ispaniya chempionati doirasidagi mehmonda kiritgan eng tezkor gol sifatida tarixda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, shu yozda “Barselona” Levandovskini "Bavariya"dan 45 million evro evaziga xarid qildi. “Ko‘k-anorranglilar” forvard bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!