O‘zbekiston – Kolumbiya: 18 iyundagi o‘yinga bashorat

  • 16.06.2026 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da Mexiko shahrida 2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichi birinchi turi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Kolumbiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

Mundialdagi ilk oʻyin – oʻzbekistonliklar uchun tarixiy debut qanday kechadi?

Rossiyaning mashhur manbalaridan hisoblangan football.kulichki.net  sayti ekspertlari boʻlajak uchrashuvga quyidagicha prognoz berdi. 

Oʻzbekiston terma jamoasi AQShda unchalik iliq kutib olinmadi, ammo bu holat Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoani ruhan sindirgani yoʻq. Italiyalik mutaxassisi qoʻl ostida milliy jamoa hali rasmiy uchrashuv oʻtkazmagan, jahon chempionati yoʻllanmasi esa Timur Kapadze boshchiligida qoʻlga kiritilgan edi. 

Iyun oyidagi nazorat uchrashuvlarida Kannavaro shogirdlari ketma-ket ikki bor magʻlub boʻldi, ammo Niderlandiyaga qarshi oʻyindagi (1:2) oʻyin sifati Kannavaroning oʻzigʻa maʼqul keldi. Jahon chempionati oldidan eng katta muammo – Odil Hamrobekov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov va Aziz Gʻaniyevning terma jamoaga yordam bera olmasligidir. Kolumbiya terma jamoasining tajribasi, albatta, oʻzbekistonliklarnikidan ancha yuqori. Oʻzbekiston endi oʻz tarixini yozayotgan bir paytda, kolumbiyaliklar mundiallarga chiqish va katta turnirlarda ishtirok etishni yaxshi oʻzlashtirgan. 

Jahon chempionati saralash bosqichida Kolumbiya faqat Argentina va Ekvadorga yoʻl berdi, musobaqa oldidan oʻtkazilgan nazorat uchrashuvlarida esa sakkizta oʻyindan faqat Xorvatiya va Fransiyaga yutqazdi. 

Qiziqishni yanada oshirayotgan yana bir omil – jamoa yetakchilaridan biri Jon Kordobaning ahvoli bilan bogʻliq. Eamoa yetakchisi hozircha ideal sport formasida emas.

Statistik maʼlumotlar

– jamoalar ilgari biror marta oʻzaro toʻqnash kelmagan;

– oʻzbekistonliklar ketma-ket ikki oʻyinda magʻlub boʻlib, umumiy hisob 1:4 ni tashkil etgan;

– soʻnggi sakkizta oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi faqat ikki bor magʻlubiyatga uchragan;

– Kolumbiya terma jamoasi soʻnggi 13 uchrashuvda faqat ikki marta magʻlub boʻlgan;

– Kolumbiya 2026 yilda oʻtkazgan toʻrt oʻyinning uchtasida gol oʻtkazib yuborgan;

– FIFA reytingida Oʻzbekiston (50-oʻrin) Kolumbiyadan (13-oʻrin) ancha pastda joylashgan.

Ekspertlar taxmini

Tahlilchilar Oʻzbekiston terma jamoasining salohiyatini yetarlicha baholamayotgandek koʻrinmoqda. Bu jamoa eng kuchli raqibning ham oʻyinini buzishga qodir ekani koʻp marta isbotlangan. Albatta, Janubiy Amerika vakili tarkib jihatidan kuchliroq, ammo mehnatsevarlik, intizom va jamoaviy oʻyin koʻp hollarda individual mahoratni ham engishi mumkin.

Taxmin: 

Oʻzbekiston terma jamoasi magʻlubiyatga uchramaydi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!