
Leven Kurzava va Mattia De Shiloni almashtirish bo‘yicha muzokara yakuniy bosqichiga chiqdi
PSJ va "Yuventus" klublari o‘zaro himoyachi almashtirishlari mumkin. Bu haqida italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Leven Kurzava turinliklar safini to‘ldirishi, Parijga esa Mattia De Shilo yo‘l olishi kutilmoqda.
Klublar o‘rtasidagi kelishuv yakuniy bosqichida va yaqin vaqtlar ichida bu masala hal bo‘lishi kutilmoqda, deyiladi Romano xabarida.
Fikrlar