Libertadores kubogi finali yana boshqa mamlakatga ko‘chirilishi mumkin

  • 1 noyabr, 2019, 15:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

KONMEBOL yana Libertadores kubogi finalini o‘tkazishda muammolarga duch kelmoqda.

Associated Press nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Flamengo" va "River Pleyt" jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuv Chilidagi siyosiy tartibsizliklar sabab boshqa davlatga ko‘chirilishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, bundan bir necha kun muqaddam Chili futbol federatsiyasi ommaviy namoyishlar sabab mamlakat xududidagi barcha futbol musobaqalarini noma’lum muddatga qoldirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Libertadores kubogi 23 noyabr kuni Chili poytaxti Santyagodagi Milliy stadionda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum "River Pleyt" va "Boka Xuniors" jamoalari o‘rtasidagi Libertadores kubogi finali javob o‘yini muxlislarning raqib jamoa avtobusiga hujum qilishgani sabab Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadioniga ko‘chirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!