"Lids" darvozaboni APL tarixiga kirdi
"Lids" darvozaboni Illan Mele kecha "Sautgempton"ga (3:0) qarshi o‘yinda APL rekordini o‘rnatdi.
Gap shundaki, Mele premer-ligada 8 ta o‘yinda o‘z darvozasini saqlab qola olgan 21 yoshdan kichik bo‘lgan ilk darvozabon bo‘ldi.
Mele "Lids" safiga 2020 yilning yozida 6,5 million evro evaziga "Loryan"dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 42 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar