
Lift Promotions kompaniyasi boks oqshomining barcha natijalari va nokaut videolari bitta sahifada
13 avgust kuni "Humo Arena"da Lift Promotions kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomi yakunlandi. Natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Asosiy kard
Fazliddin G‘oibnazarov - Jadier Parra (Venesuela): G‘oibnazarov raqibini ilk raundda nokautga uchratdi.
Ebert Souza (Braziliya) - Denni Mendoza (Nikaragua): Olimpiada chempioni Souza professional debyut jangida 2-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Shahobiddin Zoirov - Xerson Larios (Nikaragua): Zoirov raqibini ilk raundda bitta zarbada chuqur nokautga uchratdi.
Jedier Errera (Kuba) - Mauro Peroune (Argentina): Peroune 7-raundda jarohat olgani bois shifokor jangni davom ettirishga ruxsat bermadi va shu davrgacha bo‘lgan ochkolar bo‘yicha Erreraning g‘alabasi qayd etildi.
Lazizbek Mulllojonov - Maykl Basset (Britaniya): Raqibning murabbiyi ringga oq sochiq tashladi va shu tarzda Mullojonov 2-raundda raqibni texnik nokautga uchratgan holda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Mirazizbek Mirzahalilov - Islam Torobaev (Qirg‘iziston): Torobaevning jamoasi 3-raunddan so‘ng jangni davom ettirishdan bosh tortganligi sababli Mirzahalilov texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
63,5 kg Gran-Pri turniri
Mujibillo Tursunov - Raxmatillo Sharipov: Tursunov prof yo‘nalishdagi debyut jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, ochkolar hisobida g‘alaga qozondi.
Abbosxon Yo‘ldoshev - Shohruhbek Kenjaev: Kenjaev ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Timur Abduraxmonov - Farrux Arslonov: Arslonov ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Dastanbek Imankaziev (Qirg‘iziston) - Dilshad Nurim (Qozog‘iston): Nurim raqibini 3-raundda texnik nokautga uchratgan holda g‘alaba qozondi.
Fikrlar