Liga 1. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda PSJ g‘alaba qozondi

  • 5 mart, 2023, 03:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya chempionatining 26-turida PSJ "Nant"ni mehmon qildi. O‘yinda parijliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

12-daqiqa Messi raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas Hadjam avtogol urdi. Mehmonlar taym so‘nggiga qadar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo ikkinchi taymda Pereyra va Mbappe ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, PSJ 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida peshqadamligini mustahkamlab qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!