Liga 1. PSJ kutilmaganda autsayderga qarshi bahsda ochko yo‘qotdi

  • 30 sentabr, 2023, 22:01
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan "Klermon" - PSJ bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Jamoalar bir qancha imkoniyatlarga ega chiqqan bo‘lsada, gol urish ikki tomonga ham nasib etmadi.

Shu tariqa, "Klermon" 1 ochkoni qo‘lga kiritib, 2 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘ringa chiqib oldi. PSJ 12 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!