Liga 1. PSJ so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Frantsiya chempionatining 11-turida PSJ qiyinchilik bilan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Luis Enrike shogirdlari mazkur turda "Nitstsa" jamoasini o‘z uyida qabul qilib, kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 90+5-daqiqada Gonsalu Ramush kiritdi.
Shu tariqa, parijliklarning jamg‘argan ochkolari soni 24 taga etdi va ular turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar