Lilian Tyuram: "Bu jamoaga katta sovrinlar etishmayapti"

  • 13 fevral, 2022, 16:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Lilian Tyuram PSJ haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Parij klubi yaqin orada Evropada tengsiz, deb topilishi mumkin.

Tecno

"Bu jamoaga katta sovrinlar etishmayapti. Yigitlar ichki musobaqalar doirasidagi deyarli barcha titullarni qo‘lga kiritdi.

Eng achinarlisi, siz hamma joyda g‘olib bo‘lib, faqat Evrokuboklarda zafar qucha olmaysiz. Shunda muxlislar uchun bu mavsum muvaffaqiyatsiz o‘tgan bo‘ladi.

PSJda "Real", "Bavariya" kabi boy tarix mavjud emas. Klubdan bunday tarix yaratishni so‘rash - adolatsizlik. Biroq ishonamanki, o‘sha kunlarga ham oz qoldi", - dedi Tyuram.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!