
Liliya Shakirova va Habib Nurmagomedov raqib bilan bir xil vazn ko‘rsatdi
Abu-Dabida "UFC 254" turniri oldidan vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.
Musobaqaning markaziy jangida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.
Har ikki jangchi engil vazn toifasi uchun belgilangan vazn me’yorini bajargan holda, bir xil og‘irlikni ko‘rsatdi - 70,3 kilogramm.
UFCda jang qiladigan uchinchi o‘zbekistonlik Liliya Shakirova ham vazn me’yorini muvaffaqiyatli bajardi. U raqibi bilan bir xil og‘irlikni ko‘rsatdi - 57,1 kilogramm.
Asosiy kardlarda qatnashuvchilar ham vazn me’yorini bajardi:
Robert Uittaker (84,3 kg) – Jared Kannoner (83,9 kg).
Aleksandr Volkov (120,2 kg) – Uolt Xarris (115,2 kg).
Fil Xous (84,3 kg) – Jeykob Melkun (84,3 kg).
Fikrlar