"Lill" Pepeni MYuga sotishni xohlamadi

  • 24 iyul, 2019, 10:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lill" klubi jamoa vingeri Nikolya Pepening transferi borasida "Manchester Yunayted"dan kelgan taklifni rad etdi.

Tecno

Yahoo Sport France nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsuz klubi nima sababdan ushbu taklifni rad etgani oshkor etilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Lill” Pepeni 80 million evrodan kamiga sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Pepe o‘tgan mavsum “Lill” safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va 23ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!