
"Lill" prezidenti Pepe transferi borasida fikr bildirdi: ish bitdi
Frantsiyaning "Lill" klubi prezidenti Jerar Lopes yaqin vaqtlar ichida klubni tark etishi kutilayotgan Nikolya Pepe borasida fikr bildirdi.
"Pepe ketadimi? Ish bitdi. Bizda futbolchilarni sotib olish va sotish rejalari bor. Agar futbolchi jamoani tark etsa, biz istagan narsamizni olamiz. Nikolyaga kelsak, u bu yozning boshida ham jamoani tark etishga yaqin edi. To‘g‘ri, katta klublar unga taklif bilan chiqishmoqda, shuning uchun Pepe ketadi deb o‘ylayman. Ammo futbolda sizni bundan keyin nima kutayotganini hech qachon bila olmaysiz," - dedi Lopes "La Voix du Nord"ga bergan intervyusida.
Oldinroq, MYu "Lill" bilan futbolchi borasida muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘lgan edi. "Qizil iblislar"ga futbolchi uchun "Everton", "Arsenal", "Liverpul" va bir qator Italiya, Ispaniya klublari raqobatlik qilishmoqda.
So‘nggi mavsum 24 yoshli afrikalik futbolchi 23 ta gol va 12 ta golli uzatmani 41 uchrashuvda amalga oshirdi.
Futbolchining klubi bilan 2022 yilning yoziga qadar shartnomasi bor.
Fikrlar