
Lingard Janubiy Koreya klubiga o‘tish arafasida
Sobiq "Manchester Yunayted" futbolchisi Jessi Lingad vanihoyat o‘z yangi klub topdi. O‘tgan yozda "Nottingem Forest"ni tark etib erkin agentga aylangan xavbek Osiyo tomon yo‘l olmoqda.
Fabritsio Romano xabar berishicha, "Seul" klubi hujumkor yarimhimoyachi bilan 2 yillik shartnoma imzolash arafasida. Futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish va hujjatlarga qo‘l qo‘yish uchun Janubiy Koreyaga etib keladi.
Lingard shu paytgacha "Al-Ittifoq" jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi, lekin saudiyaliklar bilan bitim tuzgani yo‘q. Shundan keyin ingliz o‘z agenti bilan xayrlashdi.
Jessi faoliyati davomida Premer-liganing ko‘plab klublarida to‘p tepgan. "Manchester Yunayted", "Vest Xem", "Nottingem Forest", "Derbi Kounti" va "Lester" Lingardga begona emas.
Fikrlar