Lingard qanday qilib JCh-2022 ga borish haqida o‘ylamoqda

  • 20 iyul, 2022, 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliyalik yarim himoyachi Jessi Lingard APL va Osiyo klublaridan bo‘layotgan takliflarni o‘rganmoqda. Unga MLS klublaridan ham takliflar bor, ammo u ushbu takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.

ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 29 yoshli futbolchi kelajagi borasida hafta oxirigacha bir qarorga keladi. Uni qo‘lga kiritish uchun "Vest Xem", "Everton", "Tottenxem" va "Nottingem Forest" klublari kurashmoqda.

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisiga BAA va Saudiya Arabistonidan ham foydali takliflar kelib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Lingard iyun oxirida erkin agentga aylandi. U ayni damda yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Uning maqsadi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022da Angliya terma jamoasi safiga kirish hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!