Lingardni La Liga chempioni o‘z safida ko‘rmoqchi
90min.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda "Atletiko" Madrid rahbariyati jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. "Matraschilar" bu borada "Manchester Yunayted" a’zosi Jessi Lingardni ko‘zlashmoqda.
E’tiborlisi, 28 yoshli angliyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan jamoa ustozi Diego Simeone jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan avvalroq OAVda Lingardga "Real", PSJ va "Inter" klublari xaridor bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Lingard o‘tgan mavsum premer-ligada 19 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu bahslarda o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Lingard MYu ustozi Ule-Gunnar Sulsherning "qora ro‘yxatiga" tushgan va joriy yozgi transferlar davrida katta ehtimol bilan jamoani tark etadi.

Fikrlar