
"Lion" etakchisidan ayrilgan "Marsel"ni yuta olmadi
Frantsiya chempionati 6-turidan o‘rin olgan "Marsel" - "Lion" uchrashuvi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 16-daqiqada mezbonlar etakchisi Dimitri Paye "Lion" himoyachilarining ketma-ket xatolari natijasida hisobni ochdi. Biroq uning o‘zi Dyubuaga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun 19-daqiqada qizil kartochka olib, jamoadoshlarini qiyin vaziyatga solib qo‘ydi. Mehmonlarning javob goli 28-daqiqada Ussum Auar tomonidan penaltidan kiritildi.
Ushbu natijadan so‘ng, "Marsel" turnir jadvalida 10-o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Lion" 14-pog‘onani band etgan.
Fikrlar