"Lion" Frantsiya chempionatini tiklashga harakat qilmoqda
“Lion” klubi rahbariyati pandemiya sabab muddatidan avval yakunlangan Frantsiya chempionatini qayta tiklashni talab qilmoqda.
“Chempionatni yakunlash va sport ko‘rsatkichlari bo‘yicha mavsumni sarhisob qilish uchun UEFA tomonidan ishlab chiqilgan formula asosida turnirni davom ettirish imkoniyati hali ham mavjud. Bu aksariyat Evropa ligalarida bo‘lgani kabi, iyul oyida mavsumni davom ettirishga mos keladi.
Bu bizning ligamizga keyingi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi. Aks holda, klubimiz davlat kengashiga murojaat qilishni davom ettiradi”, - deb yoziladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, “Lion” mavsumni 7-o‘rinda yakunladi va 1997 yildan buyon ilk bor evrokuboklarda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar