
"Lion" klubi "Real"dagi sobiq futbolchisini qaytarmoqchi
Frantsiyaning "Lion" klubi Madridning "Real" jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, "Lion" Mariano Diasni ortga qaytarmoqchi.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" 28 yoshli yarim himoyachi uchun 5-6 million evro atrofida talab qilmoqda. Potentsial xaridorlar ushbu summani to‘lashga rozi bo‘lsa, Madrid klubi dominikanlik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Mariano joriy mavsum "Real" safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 6 millon evro etib belgilagan. Ma’lumot o‘rnida, 2017-2018 yilgi mavsumda futbolchi "Lion" safida ijara asosida to‘p tepgan.
Fikrlar