
"Lion" prezidenti Mourinoning jamoaga taklif etilishi borasidagi savolga javob berdi
Frantsiyaning "Lion" klubi prezidenti Jan-Mishel Ole jamoaga portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourinoni olib kelinishi mumkinligi haqidagi savolga hazilomus tarzda javob qaytardi.
“Mourino? Biz u bilan shartnoma imzolashimiz mumkin. Agar u klubimizning moliyaviy imkoniyatlariga qanoatlansa”, - deydi Ole.
Eslatib o‘tamiz, Mourinoning so‘nggi ish joyi “Manchester Yunayted” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar