Lionel Messi chidab turolmadi!

  • 11 iyul, 2021, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Amerika kubogi finalida Braziliya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ehtiroslarni ichida saqlashga chidab turolmadi va ko‘nglida bor gaplarni aytdi.

Tecno

- Biz uzoq yillar davomida bu sovringa yaqin kelardik, biroq qachonlardir uni qo‘lga kiritishimizni bilardim. Biz Amerika kubogini Braziliyada Braziliya terma jamoasidan yutib oldik. Men his qilayotgan baxtning chegarasi yo‘q. Chunki ilgari ko‘p bor mag‘lubiyatlarni hazm qilishimga to‘g‘ri kelgan. Bunda zo‘r vaziyatni o‘ylab topish qiyin. Bu galgi jamoamiz haqiqatan g‘alabaga loyiq. Biz baxtiyormiz, - dedi Lionel Messi.

“Amerika kubogi-2021” musobaqasi finalida Anxel di Mariyaning yagona goli argentinaliklarga g‘alaba keltirdi. Aslida bu turnir Argentina va Kolumbiyada o‘tkazilishi kerak edi. Biroq, Kolumbiyadagi norozilik namoyishlari va Argentinadagi epidemiologik vaziyat tufayli musobaqa Braziliyaga ko‘chirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!