Lionel Messi Erik Abidal bayonotiga izoh berdi
"Barselona" sardori Lionel Messi klub sport ishlari bo‘yicha direktori Erik Abidalning aytgan gaplariga o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi.
Oldinroq, frantsuz Ernesto Valverdening iste’fosi masalasida "Real" bilan o‘yindan so‘ng ish olib borilgani va jamoadagi ayrim futbolchilarga murabbiy bilan ishlash manzur kelmaganligini aytib o‘tgan edi.
"Ochig‘i, menga bu haqida gapirish yoqmaydi, biroq hamma qilgan ishi uchun javobgar bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.
Futbolchilar o‘z ishlarini maydonda bajarishadi, shu sababli jamodagi vaziyatni ular birinchi bo‘lib xis qilishadi. Klub sport ishlari bo‘limi esa o‘zlari chiqargan qarorlari uchun javob berishlari kerak.
Agar futbolchilar haqida gap ketsa, unda uning ismi tilga olinishi shart, chunki qarama-qarshi holatda biz barchani uyatga qoldirayotgan bo‘lamiz", - deya post qoldirgan Messi.

Fikrlar