Lionel Messi nufuzli mukofot sohibi bo‘ldi

  • 03.06.2026 18:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yil uchun sport sohasidagi "Asturiya malikasi" mukofoti bilan taqdirlandi.

Futbolchini sobiq jamoasi "Barselona" ham tabrikladi.

"Lionel Messini 2026 yildgi sport sohasidagi "Asturiya malikasi" mukofotini qo‘lga kiritgani bilan tabriklaymiz. Bu 'Barselonadagi afsonaviy merosingiz va klubimizdagi muvaffaqiyatlaringizning munosib e’tirofidir", — deyiladi kataloniyaliklar bayonotida.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofotning 2025 yildgi sovrindori mashhur tennischi Serena Uilyams bo‘lgan. Futbolchilar orasida esa so‘nggi bor 2012 yilda Iker Kasilyas va Xavi Ernandes ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!