Lippi: "Yuventus" hozir "Barselona", "Real" va "Bavariya" bilan bir hil saviyada

  • 7 aprel, 2017, 19:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi sobiq bosh murabbiyi va ayni damda JCh-2018 saralashidagi raqibimiz Xitoy terma jamoasida faoliyat olib borayotgan Marchello Lippi turinliklarning so‘nggi yillarda ancha yuqori darajaga ko‘tarilganini aytib o‘tdi.

Tecno

“Bu jamoa hozir ancha o‘sgan va o‘zini boshqacha baholaydi. Bu o‘sish nafaqat Italiya chempionatida, balki xalqaro musobaqalarda ham o‘z aksini topmoqda.

Endi “Yuventus” huddi “Barselona”, “Real” va “Bavariya” bilan bir hil saviyada. Ular endi 2-3 yil avval bo‘lganidek yuqoridagi jamoalar bilan to‘qnash kelishdan cho‘chishmaydi”, - deydi Lippi Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Chempionlar ligasining chorak finalida “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!