"Liverpool" katta summa tikib, mo‘ljallangan futbolchini ololmadi

  • 21.08.2026 10:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» klubi «Brayton»ga yarim himoyachi-flang hujumchisi Yankuba Minteni sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif yo‘lladi. 

TEAMtalk nashri ma’lumoticha, mersisaydliklar futbolchi uchun 50 million funt sterling (taxriban 58,5 million yevro) taklif etgan.

Biroq «Brayton» ushbu dastlabki taklifni rad etgan. Manbaga ko‘ra, transfer oynasi yopilguncha «Liverpul» kamida bitta yangi qanot o‘yinchisini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan va Minte shu maqsadda ko‘rib chiqilayotgan nomzodlardan biri hisoblanadi.

«Brayton» esa 22 yoshli futbolchini sotishga oshiqmayapti. Minte o‘tgan mavsumda klub tarkibida barcha musobaqalar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Yankuba Mintening bozor qiymati 45 million yevro atrofida.

Eslatib o‘tamiz, futbol tarixidagi eng qimmat transferlar orasida so‘nggi yillarda qanot hujumchilariga to‘langan summa alohida ajralib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!