"Liverpool" kutgan futbolchini raqib qilib ketdi

  • 29.08.2026 09:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» ehtimol, Ibraima Mbayeni qo‘lga kirita olmaydi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, «Aston Villa» PSJ hujumchisini sotib olish bo‘yicha klub bilan printsipial kelishuvga erishgan. 

Transfer qiymati 55 million yevro etib belgilangan. Hozircha tomonlar hujjatlarni rasmiylashtirish va muzokaralarni yakunlash bilan band.

Manba ta’kidlashicha, kelishuvga erishilishida klublar egalari – Nassef Saviris va Nasser Al-Khelayfiy o‘rtasidagi yaqin va ishonchli munosabatlar muhim omil bo‘lgan.

PSJ tarbiyalanuvchisi Ibraima Mbaye jamoa tarkibida Liga 1 musobaqalarida 33 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. 18 yoshli forvardning batafsil statistkasi bilan alohida manbalar orqali tanishish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!