"Liverpool"ni mana shu futbolchi muvaffaqiyatga yetaklaydi
«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoa hujumchisi Aleksander Isak kelayotgan mavsumda klubning eng muhim futbolchilaridan biriga aylanishi kerakligini ta’kidladi.
- Menimcha, Aleks hozir yaxshi sport formasida. Jahon chempionatida u juda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi, o‘zini maydonda erkin his qildi, deb o‘ylayman. U biz bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazib bo‘ldi va men Isakning juda yaxshi holatda ekanini ko‘rdim.
Albatta, hozircha aniq xulosa qilishga erta, chunki u endigina mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Lekin umid qilamanki, «Lids»ga qarshi o‘yinda u maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi va to‘liq mejsazon tayyorgarlikni o‘tab chiqadi.
Bu tayyorgarlik juda uzoqqa cho‘zilmaydi, ammo uch-to‘rt hafta ichida u kerakli jismoniy holatga yetadi, deb o‘ylayman. Shundan so‘ng uni optimal formaga olib chiqishimiz mumkin bo‘ladi, chunki bu mavsumda u bizning jamoa uchun juda muhim o‘yinchiga aylanadi, — deya Iraolaning so‘zlarini «Liverpul»ning rasmiy sayti keltirmoqda.

Fikrlar