«Liverpool»ning yozgi transfer oynasidagi birinchi maqsadi ma'lum

  • 14.10.2026 13:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning «Yuventus» jamoasi himoyachisi Pyer Kalyulyu Angliya premer-ligasining yetakchi klublaridan biriga o‘tish imkoniyatiga ega. Bu haqida Tuttomercatoweb nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirgan. Mersisayd klubi Kalyulyuni yozgi transfer oynasi uchun ustuvor nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, «qizillar» short-ro‘yxatida Braziliya terma jamoasi va «Roma» tarkibida to‘p surayotgan Uesli ham bor.

«Yuventus» esa o‘z navbatida Kalyulyuga yangi shartnoma taklif etishni rejalashtirmoqda. Hozirgi kunda 26 yoshli himoyachi va turin klubi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!