"Liverpool" PSJ futbolchisidan voz kechishi mumkin
«Liverpul» rahbariyati «PSJ»ning yosh vingeri Ibraima Mbayeni transfer qilish rejasidan voz kechishi mumkin.
Mersisaydliklar 18 yoshli senegallik futbolchi bo‘yicha dastlabki muloqotlarni o‘tkazgani aytilgan, ammo ingliz jurnalistlariga tayanib yozgan Anfield Sector nashriga ko‘ra, klub rasmiy taklif yuborishi ehtimoli juda past.
«Liverpul» vakillari Ibraima Mbaye bilan og‘zaki kelishuv mavjudligi haqida tarqalgan xabarlarni ham rad etgan. Klub manbalariga ko‘ra, hozircha hech qanday kelishuv yoki aniq kelishilgan shartlar yo‘q.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Ibraima Mbayening bozor qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda. Shu bilan birga, insayderlar fikricha, «Liverpul» PSJ tarkibidagi yana bir vinger – Bredli Barkola transferiga jiddiyroq e’tibor qaratmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mbaye o‘tgan mavsumda Liga 1 grandining asosiy tarkibida barcha musobaqalar hisobga olingan holda 42 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar