"Liverpool" va "Arsenal"ga qimmat himoyachini joylashmoqchi

  • 01.08.2026 16:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» va «Arsenal»ga Urugvay terma jamoasi hamda «Sporting» klubi tarkibida o‘ynayotgan qanot himoyachisi Maksimiliano Arauconi qo‘lga kiritish taklifi berilgan. Bu haqida The Sun nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Portugaliya klubi futbolchini sotish uchun kamida 51,5 million funt (taxriban 60,2 million yevro) talab qilmoqda.

Angliyaning ikki grandi 26 yoshli himoyachini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, «Sporting» Arauconing munosib o‘rinbosar izlashni boshlab yuborgan.

O‘tgan mavsumda urugvaylik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. 

Transfermarkt portali ma’lumoticha, Arauconing bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!