"Liverpool", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" braziliyalik hujumchiga qiziqish bildirmoqda

  • 19.03.2026 13:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joao Gomes yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. "Vulverxempton" forvardiga Angliyaning bir qator top-klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"TEAMtalk" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalikka "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" e’tibor qaratgan. Shuningdek, unga "Manchester Siti" hamda "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.

Gomes 2023 yil yanvar oyida "Flamengo"dan "Vulverxempton"ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng APLda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi. U hozirga qadar “bo‘rilar” safida 100 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!