"Liverpul" 128 yillik tarixi mobaynida bunday natija qayd eta olmagandi
Xabaringiz bor, kecha "Liverpul" o‘z maydonida "Chelsi" ustidan 5:3 hisobida g‘alaba qozondi va joriy mavsum APLda qo‘lga kiritgan g‘alabalari sonini 31 taga etkazib oldi.
Squawka nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu mersisaydliklar uchun yangi rekord bo‘ldi. 128 yillik tarixga ega “Liverpul” bungacha Angliya chempionatlarining bir mavsumida 30 tadan ko‘p g‘alaba qozonmagan.
Aytish kerakki, Yurgen Klopp shogirdlari so‘nggi turda "Nyukasl" ustidan g‘alaba qozonib, ushbu rekordni yanada yaxshilab olish imkoniyatiga egalar.

Fikrlar