
"Liverpul" Amirbek Saidovni kuzatmoqda
O‘zbekiston U18 terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi hujumchisi Amirbek Saidov hali ham "Krasnodar" va "Rostov" qiziqishlari doirasida.
18 yoshli hujumchiga "Liverpul" ham da’vogarlar ro‘yxatida, deya xabar beradi "Youth Scouting" nashri.
Saidov “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U O‘zbekiston U17 terma jamoasi tarkibida 17ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urgan. Shuningdek, O‘zbekiston U20 terma jamoasi safida ikkita o‘yin o‘tkazishga ulgurgan.
Fikrlar