"Liverpul" APL tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishga yaqin

  • 8 iyun, 21:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumkor yarim himoyachi Florian Virts "Bayer" klubidan "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turibdi. Daily Mail xabariga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchi uchun bonuslar bilan birga 113 million funt (taxminan 134 million evro) taklif qilishgan. Biroq, Leverkuzen klubi bu taklifni rad etgan va 126 million funt (150 million evro) so‘ragan.

Tecno

Endilikda manba ta’kidlashicha, "Bayer" 22 yoshli Virtsni 118 million funt (140 million evro) evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Hozirda klublar bonuslar bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.

Agar bu transfer amalga oshsa, u APL tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Hozircha, rekord "Chelsi" tomonidan Entso Fernandes uchun to‘langan 121 million evroga tegishli.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!