
“Liverpul” atigi 13 daqiqaga yaragan yulduzdan voz kechdi
“Liverpul” rahbariyati katta umidlar bilan “Yuventus” yarim himoyachisi Arturni mavsum oxiriga qadar ijaraga olgandi.
Liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp braziliyalik futbolchi u qo‘llaydigan o‘yin uslubiga to‘la mos tushishini ta’kidlagandi.
Lekin oxir-oqibat Angliya jamoasi bu o‘yinchining transfer huquqini sotib olmaslikka qaror qildi.
“Liverpul” Arturning transferini sotib olmaydi. Bu savdo summasi 44 million evroga baholangandi. Arturning eng katta muammosi – jarohatlar. Ular juda ko‘p. Qizig‘i, “Liverpul” rahbariyati jamoada jarohatlanganlar ko‘payib ketgani uchun ularning o‘rnini to‘ldirish maqsadida transferlarning oxirgi kuni Arturni olib kelgandi, deb yozdi taniqli jurnalist Fabritsio Romano.
26 yoshli futbolchi “Liverpul” safida Chempionlar ligasida “Napoli”ga qarshi 13 daqiqa o‘ynaganidan keyin umuman maydonga tushirilmadi.
Fikrlar