"Liverpul" "Borussiya" vunderkindi uchun 120 mln evrodan ko‘p to‘lamoqchi emas

  • 26 oktabr, 2021, 20:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" qishki transfer vaqtida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

"Sky Sports" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, "Borussiya" Dortmund klubi futbolchisi Jud Bellingem faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin. Bu transferga shaxsan bosh murabbiy Yurgen Klopp qiziqish bildirmoqda.

18 yoshli xavbek uchun "qizillar" 120 million evrodan ortiq pul to‘lamoqchi emas. Angliyalik futbolchining "asalarilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan. Judga "tumanli albion" begona emas. U Chempionship vakili "Birmingem" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Bellingem joriy mavsum dortmundliklar safida 14 uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 gol va 6 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!