
"Liverpul" braziliyalik super texnika sohibini sotib olmoqchi
"Liverpul" Roberto Firmino jarohat olgani tufayli boshqa bir hujumchi bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda.
"Qizillar" "Ayaks"da o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab klublarning qiziqishiga sabab bo‘layotgan Antonini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
21 yoshli futbolchini ayni damda "transfermarkt" portali 25 million evroga baholamoqda. Ammo amsterdamliklar uni 50 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, iste’dodli vinger bu mavsum umumiy 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar