"Liverpul" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita oladimi? Klopp javob berdi

  • 16 may, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 36-turi doirasida “Liverpul” safarda “Lester” ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

“Chempionlar ligasi yo‘llanmasi? Biz qo‘limizdan kelganini qilamiz. "Manchester Yunayted" va "Nyukasl"ning hozirgi holatini hisobga olsak, "Liverpul"da yaxshi imkoniyat bor deb o‘ylamayman. Ammo ular qoqilib qolishsa, biz bu imkoniyatdan foydalanmaymiz. Shuning uchun, o‘z ishimizni bajarishda davom etishimiz kerak ", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ortda qolgan 36 turdan so‘ng APL turnir jadvalida 4-o‘rindagi “Manchester Yunayted”dan bir ochko kam jamhargan holda 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!