“Liverpool” yetakchisiga “Siti”dan uchralgan mag‘lubiyat alam qildi

  • 05.04.2026 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 “Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslay Angliya kubogi chorak finalida “Manchester Siti”dan 0:4 hisobida uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.

- Agar sen biror ish qilsang va bu natija bermasa — bunda ma’no yo‘q. Bizda imkoniyatlar bo‘ldi, lekin ulardan foydalanmadik, ustiga-ustak oddiy penaltiya yo‘l qo‘ydik. Oqibatda — 0:4.

Biz bunchalik ko‘p gol o‘tkazib yuborishga haqqimiz yo‘q. Bu yerda qo‘shadigan gap ham deyarli yo‘q.

“Etihad” stadionida har doim g‘alaba qozonish qiyin. “Siti” bilan o‘yinda 0:1 hisobida hali ishonch saqlanib turadi. Ammo 0:2 — bu allaqachon bizning xatomiz: birinchi bo‘limning eng oxirida gol o‘tkazib yuborib tanaffusga chiqish mumkin emas. Shundan keyin imkoniyatlar yanada kamayadi.

Ikkinchi bo‘limda sen o‘yinni o‘zgartirish niyatida maydonga chiqasan, lekin darhol uchinchi golni o‘tkazib yuborasan — va shunda hammasi tugaydi, qaytib kelish deyarli imkonsiz bo‘ladi.

Bizga xarakter yetmadi, ruhiy barqarorlik yetmadi. Rostini aytsam, hech kim o‘zining maksimal darajasini ko‘rsata olmadi. Hozir og‘ir davr, lekin biz birgalikda turishimiz shart, — dedi Soboslay Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatida “Liverpul” beshinchi o‘rinda bormoqda va bu mavsum chempionlik unvonini ushlab qola olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!